Yosh olimlar kengashi yangiliklari

Yosh olimlar kengashi yangiliklari

2015-yil institutning 9 ta yosh olimi innovatsion g‘oyalar Respublika yarmarkasida qatnashdilar. 2015-yil YOKning 16 ta a’zosi Intellektual mulk agentligiga talabnoma taqdim qildilar. 2015-yil 6 ta yosh ilmiy xodim xorijiy davlatlar stajirovka safarida bo‘ldilar va xalqaro ilmiy konferensiyalarda ishtirok etdilar.

YOK a’zolari akademik O. S. Sodiqov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan «Bioorganik kimyoning muhim muammolari» konferensiyasini tashkil qilishda katta jonbozlik ko‘rsatdilar. Konferensiyada kengashning 48 ta a’zosi o‘z dokladlari bilan chiqish qildilar. Konferensiyada YOK a’zolari o‘rtasida «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi o‘tkazildi. Tanlovni institut rahbariyati va kasaba uyushmasi  tashkillashtirdi.Tanlovda 5 ta nomzod g‘olib deb topildi, ularga faxriy yorliqlar berildi va moddiy rag‘batlantirildi.

2010-yil «Barkamol avlod yili» Davlat dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konfrensiyada polisaxaridlar kimyosi laboratoriyasi yetakchi ilmiy xodimi, kimyo fanlari doktori Normaxamatov N .S. «Eng yaxshi ilmiy maqola» nominatsiyasi bo‘yicha 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.  

Polisaxaridlar kimyosi laboratoriyasi yetakchi ilmiy xodimi, biologiya fanlari doktori Sherimbetov S.G. 2013 yil «O‘zbekiston belgisi» ko‘krak nishoniga ega bo‘ldi. Turon akademiyasining 2019-yil 31-martdagi qarori bilan S.G.Sherimbetovga «Akademik» ilmiy unvoni berildi.

Polisaxaridlar kimyosi laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, falsafa doktori (PhD) Radjabov O.I.2017 yil 24 mart kuni Navoiy shahrida o‘tkazilgan «Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar» Respublika yarmarkasidagi faol ishtiroki uchun faxriy yorliq bilan mukofotlandi. Shuningdek, 26-aprel 2018-yil Toshkent shahrida   O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkazilgan «BEST IP - 2018» tanlovida «Eng yaxshi ishlanma» nominatsiyasi bo‘yicha faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

2019-yil eksperimental va texnik laboratoriya yetakchi ilmiy xodimi, kimyo fanlari doktori Abdulladjanova N.G. «O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihalari» II Respublika ko‘rik tanlovida «Eng yaxshi ixtiro» nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘ringa ega bo‘ldi. 

Polisaxaridlar kimyosi laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi Xudoynazarov I.A. 26-aprel 2018-yil Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkazilgan «BEST IP - 2018» tanlovidagi faol ishtiroki uchun faxriy yorliq bilan mukofotlandi.