Noyob ilmiy asbob-uskunalardan jamoaviy foydalanish markazi


Markaz rahbari akademik Ibragimov Baxtiyar Tulyaganovich

 Markaz 2008 yili tashkil etilgan va 2014 yilda kayta tashkil etilib OʼzR FА Bioorganik kimyo instituti «Noyob ilmiy asbob-uskunalardan jamoaviy foydalanish markazi» sifatida oʼz faloliyatinin davom ettirmoqda.

Ilmiy yoʼnalishi:

Markazda jamlangan asbob-uskunalar FА ilmiy muassasalarida va boshqa ilmiy jamoalarda bajarilayotgan tatqiqotlarni bajarish davomida ajratib olingan yoki sintez qilingan moddalarning tarkibini, tuzilishini va boshqa fizik-kimyoviy xossalarini oʼrganishda eng soʼnggi va aniq maʼlumotlarni beradi. Markazning afzallik tomonlaridan biri maʼlumotlarni tezkor va aniq tahlil qilish imkoniyatini yaratilishi bilan izohlanadi. Olingan natijalarning oʼta aniqligi hamda saviyasi jixatidan yuqori boʼlganligi uchun, ular asosida jaxon andozalariga mos boʼlgan ilmiy ishlanmalar ishlab chiqish, yangiliklar yaratishda muhim omil boʼla oladi.

Markaz faoliyati quyidagi vazifalarni yechishga qaratilgan:

-           OʼzR FА tasarrufidagi ITI va boshqa muassasalarning davlat dasturlari boʼyicha fundamental, tadbiqiy va innovatsion izlanishlar, shuningdek xoʼjalik shartnomalar asosida foydalanuvchi-muassasalarning murojaatlari boʼyicha ilmiy-tadqiqot asbob-uskunalarida buyurmalarini bajarish;

-              ilmiy-tadqiqot asbob-uskunalaridan foydalanuvchi-muassasalarga jamoaviy foydalanish xizmatlari (ilmiy-tadqiqot asbob-uskunalaridan foydalanish, tajriba tashkillashtirish, oʼlchovlar olib borish, namunalarni tayyorlash, natijalarni tahlil qilish va shu kabilar)ni koʼrsatish;

-              koʼp ilm talab qilinadigan innovatsion texnologiyalar sohasidagi tadqiqotlarni qoʼllab quvvatlash;

-              raqobat grantlari boʼyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni bajarishda ishtirok etish;

-              oliy oʼquv yurtlari uchun bakalavr va magitrlarni noyob asbob-uskunalarda ishlashga oʼrgatish bilan tayyorlashda qatnashish.

 

Markaz bugungi kunda texnologik aniqligi va samaradorligi yuqori boʼlgan quyidagi uskunalarga ega:

1). Monokristal rentgen difraktometri, CCD Xcalibur Ruby (Oxford Diffraction, Buyukbritaniya), 2008 yilda ishga tushirilgan. Bu difraktometr CCD detektori bilan jihozlangan boʼlib, kristal moddalarning tuzilishini aniqlash uchun tajribaviy maʼlumotlar toʼplab beradi, va shu asosda modda tuzilishi aniqlanadi. Uskuna boshqaruvchi kompьyuter, rentgen manbai, suyuq azot idishi, detektordan iborat.

2). Kukunli difraktometr XRD-6100 (Shimadzu, Yaponiya). 2014 yilda ishga tushirilgan. Difraktometr kukunli namunalarning faza tarkibini sifat va miqdoriy tarafdan oʼrganish bilan birga harorat taʼsirida moddalar oʼzgarishini “Anton Paar” kamerasi yordamida tatqiq qilish imkoniyatiga egadir. Uskuna boshqaruvchi kompьyuter, rentgen manbai, detektor, suyuq azot idishi, sovutish sistemasi, “Anton Paar” kamerasidan iborat.

3). TG-DSK derivatograf uskunasi NETZSCH STA-409 PG (NETZSCH, Germaniya), 2006 yilda ishga tushirilgan. Moddalarning haroratga bogʼliq xususiyatlarini, termik oʼzgarishlarini oʼrganadi. TG-DSK orqali aniq maʼlumot olish uchun 3 mg modda yetarli hisoblanadi. Olingan natijalar kompyuter dasturi orqali qayta ishlanadi.

4). Binokulyar mikroskop LEICA (LEICA, Shveytsariya) 1000 martagacha kattalashtiruvchi mikroskop boʼlib, u bevosita kompьyuterga ulangan..

5). Agilent 6520 Q-TOF LC/MS (Tanberg Instruments LLC) yuqori samaradorlikka ega suyuqlik xromatorgrafi (YuSSX)/mass-spektrometr (MS) . Ishlash tamoyili boʼyicha uch kvadrupolli mass-spektrometrga oʼxshash boʼlib, mass-analizator vazifasini Q-TOF (time of flight) bajaradi. Maʼlumotlar bazasi boʼyicha bir vaqtning oʼzida YuSSX va mass-spektrometr maʼlumotlari bilan ishlay oluvchi MassHunter, oqsillarni aniqlashga imkon beruvchi "Spectrum Mill MS Proteomics Workbench", hamda rekombinant oqsillar va sintetik peptidlar identifikatsiyasida qoʼllaniluvchi "BioConfirm" dasturlari kerakli maʼlumotlarni qisqa va tez fursatda qoʼlga kiritish imkonini beradi.

6) Agilent 6420 Triple Quadrupole LC/MS (QQQ MS) YuSSX/uch kvadrupolli MS qurilma ham maʼlumotlar bazasi asosida analiz qilinayotgan moddaning tuzilishi, uning sifat va miqdoriy koʼrsatkichlarini tezkor va oʼta aniqlikda aniqlashi mumkin. SX/MSning ishlash tamoyili moddaning ionlashgan zarralari (molekula, atomlari)ni massalari boʼyicha aniqlashdan iborat boʼlib, bunda elektr va magnit maydonlarining boʼshliq (vakuum) dagi ionlar dastasiga koʼrsatadigan taʼsiriga asoslangan. Uskuna tatbikiy fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, geologiya va texnikada asosiy analitik usullardan biri hisoblanadi. Аnalizlarning oʼta aniqligi hamda yuqori selektivligi bilan ushbu qurilma juda katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi va olingan natijalar jahon standartlariga toʼla javob beradi. Bulardan tashqari farmatsevtik ishlanmalar, klinik sinovlar jarayonidagi va oziq ovqat mahsulotlarining havfsizligini aniqlashning barcha bosqichlarda uskunadan foydalanish eng ishonchli va samarali natijalarga olib keladi.

Markazda jamlangan asbob-uskunalar FА ilmiy muassasalarida va boshqa ilmiy jamoalarda bajarilayotgan tatqiqotlarni bajarish davomida ajratib olingan yoki sintez qilingan moddalarning tarkibini, tuzilishini va boshqa fizik-kimyoviy xossalarini oʼrganishda eng soʼnggi va aniq maʼlumotlarni beradi. Markazning afzallik tomonlaridan biri maʼlumotlarni tezkor va aniq tahlil qilish imkoniyatini yaratilishi bilan izohlanadi. Olingan natijalarning oʼta aniqligi hamda saviyasi jixatidan yuqori boʼlganligi uchun, ular asosida jaxon andozalariga mos boʼlgan ilmiy ishlanmalar ishlab chiqish, yangiliklar yaratishda muhim omil boʼla oladi. Markazda mavjud CCD Xcalibur Ruby monokristal rentgen difraktometri Markaziy Osiyoda yagona boʼlib, ilmiy izlanishlarda juda katta amaliy ahamiyatga ega. Mass spektrometr Agilent 6520 Q-TOF nomaʼlum moddalar, jumladan hozirda dolzarb hisoblangan oqsillar tuzilishini aniqlashda imkoniyatlari beqiyosdir, Kukunli difraktometr XRD-6100 kristall hamda amorf tuzilishga ega moddalarning tarkibini aniqlashda nafaqat kimyogarlarga, balki geologlar, fiziklar, materialshunoslar uchun qimmatli maʼlumotlarni ochib berish imkoniyatiga egadir.

Markaz tasarrufidagi asbob-uskunalar Fundamentalь tadqiqotlar dasturidagi F6. Tibbiyot va farmakologiya, F7. Kimyo, kimyo texnologiyalari nazariy asoslari, nanotexnologiyalar yoʼnalishlari, PFI6. Tibbiyot va farmakologiya yoʼnalishlari uchun moddalar tuzilishidan ularning xossalari aniqlash kontseptsiyasidagi moddalar tuzilishini aniqlash uchun zarurdir. Ilmiy tatqiqot muassasalarining fundamental va amaliy tadqiqotlari uchun Markazda jamlangan zamonaviy noyob asbob-uskunalar yordamida bajariladigan tajriba va amaliyotlargina tekshirilayotgan obʼektlarning tuzilishi, tarkibi va boshqa xususiyatlari toʼgʼrisida zaruriy va yetarlicha maʼlumot bera oladi. Markaz, buyurtmachi hohishiga qarab fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib borish uchun ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarining olimlari uchun olingan eksperimental maʼlumotlarni malakali ilmiy tahlil qiladi, kimyoviy moddalarning tuzilishini aniqlab beradi. Bu esa davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida olib borilayotgan tadqiqotlarning ishonchliligini kafolatlaydi, sifat va saviyasini oshiradi. Bu maʼlumotlarsiz zamonaviy, davr talabiga mos maqola va ishlanmalar yaratish ehtimoldan ancha uzoq. Markaz oʼziga tegishli noyob ilmiy asbob-uskunalarni ish holatida ushlab turadi, ularning uzluksiz ekspluatatsiya qilinishini va saqlanishini taʼminlaydi. Shu bilan birga Markaz respublika oliy taʼlim tizimi uchun malakali magistr va bakalavrlarni tayyorlashda, hamda OʼzR FА ilmiy muassasalari talabnomalariga muvofiq ularning yosh xodimlariga noyob ilmiy asbob-uskunalarda ishlash usullarini oʼrgatishda ishtirok etadi. Markaz oʼz faoliyati davomida magistratura, doktorantura, malaka oshirish va boshkalar orkali yukori malakali kadrlar tayyorlashda faol ishtirok etadi.

Markaz oʼz faoliyati davomida OʼzR FА tasarrufidagi ilmiy muassasalarga fundamental, amaliy tatqiqotlarni oʼtkazishda zarur boʼlgan eksperimentlarni olib boradi. Oʼsimlik moddalari kimyosi instituti, Umumiy va noorganik kimyo instituti Markaz xizmatidan faol foydalanadi. Yadro fizikasi instituti, Materialshunoslik instituti xodimlari Markazdagi kukunli difraktometriya tatqiqotlarini olib bormoqdalar. Markaz Oʼzbekiston Milliy Universiteti kimyo fakulьteti bilan xamkorlikda ishlaydi. Fakulьtet magistrlari va studentlari uchun doimiy ravishda Markaz xodimlari tomonidan noyob asbob-uskunalar toʼgʼrisida maʼruzalar tashkil qilinadi. Hozirda Markaz tomonidan Oʼzbekiston Milliy Universiteti kimyo fakulьteti magistrlariga va Toshkent kimyo texnologiyasi instituti doktorantlariga amaliy-ilmiy yordam koʼrsatib kelinayapti. Bugungi kunda Navoiy konchilik instituti bilan xam xamkorlikda tatkikotlar olib borilmokda.

Markaz quyidagi xizmatlarni amalga oshiradi:

Аvtomatlashtirilgan XCALIBURTM-R 4-aylanma difraktometrida:

•             Rengenotuzilish tahliliga mos keluvchi monokristall olish;

•             Umumiy nurlar yigʼindisi;

•             Moddaning molekulyar tuzilishi – atomlarning koordinatalari, aralashmalarning anizotrop parametrlari, bogʼ uzunligi, valent va aylanma burchaklarini aniqlash;

•             Moddaning kristall tuzilishi – molekulalarning tahlanishi va molekulalararo bogʼlanishni aniqlash.

 

Kukunli difraktometr XRD-6100da:

•             Kukunli namunalar (kristal, amorf, polimer va boshkalar) difraktogrammasi sʼemkasi Rengenotuzilish tahliliga mos keluvchi;

•             Fazalarning sifat taxlili;

•             Ritvelьt usuli bilan fazalarning mikdor taxlili;

•             Moddaning kristalligi, nanozarrachalar ulchamlari va xokazolar.

Q-TOF mass-spektrometr Agilent 6520da:

•             Yuqori samarali sifat tahlili;

•             Nomaʼlum tarkibli moddalarning tuzilishini aniqlash;

•             Nomaʼlum tarkibli moddalarning ionlari aniq massasini va fragmentlarni aniqlash;

•             Murakkab aralashmalarni avtomatlashtirilgan xolatda skrining qilish va mass–spektr kutubxonasidan izlab topish;

•             Maʼlumotlar bazasidan oqsillarni isbotlash;

•             Posttranslyatsiyali modifikatsiyaga uchragan oqsillarni aniqlash;

•             Peptidlarning aminokislota ketma–ketligini aniqlash.

 

Sifrovoy kamerali ikki okulyarli mikroskop LEICA:

•             Mikroskopik obʼektni tinch va xarakat xolatida 10-100 marta kattalashtirib kuzatish;

•             Olingan tasvirni otsifrovka qilish imkoni;

•             Foydalanilgan komьyuter dasturi yordamida taxlilni amalga oshirish va olingan maʼlumotlarni saqlash.

 

Termoanalizator NETZSCH STA-409 PG:

•             Bir vaqtning oʼzida 120–600oS harorat oraligʼida termogravimetrik va differentsial-skanirlash;

•             Naʼmunaning massasini haroratga bogʼliq xolda oʼzgarishiga qarab, termik tahlil qilish;

•             Issiq va sovuq taʼsirida oʼzgarishga uchragan moddaga asoslanib, issiqlik oqimini roʼyxatga olish;

•             Modda tarkibini va issiqlikka chidamliligini aniqlash.

Tijoratlashtirish muammolari

Bugungi kunda tabiiy minerallarni izlash va tahlil qilish rentgen fazali va rentgen tuzilishli tahlil usullari bilan chambarchas bogʼlangan. Kristall tuzilishga ega moddalarning faza tarkibini aniqlashning zamonaviy usullaridan biri boʼlib rentgen fazali tahlil (RFT) usuli hisoblanadi. RFT usulining negizida kristall panjarasida rentgen nurlarining difraktsiya hodisasi yotadi. Markazda mineral jinslari, yer, tuproq, shlaklar, qurilish narsalari, qazilmalari va h.k.larning tarkibini aniqlash (sifat va miqdoriy tahlil) bilan shugʼullanadigan guruh muvaffaqiyatli faoliyat koʼrsatyapti. Namunalar kristall kukunlaridan iborat boʼlishi kerak. Koʼrib chiqilayotgan namunalardagi amorfli tarkibni aniqlash usuli mavjud. Sifat va miqdoriy faza tahlili uchun zamonaviy rentgen uskunasi - XRD-6100 (Shimadzu, Yaponiya) rentgen difraktometri, shuningdek Crystallography Open Database (COD) i American Mineralogist Crystal Structure Database (AMCSD) maʼlumotlar bazasi qoʼllaniladi, bu esa oʼz navbatida tahlillarni tez va katta (yuqori) aniqlikda oʼtkazish imkonini beradi. Laboratoriyada mavjud termoanalitik (NETSCH LEXX PG 409) uskunasi va IQ-spektrometrlari ham mineral va yerlarni chuqur va har tomonlama oʼrganish uchun xizmat qilishi mumkin.

Laboratoriyaning mazkur imkoniyatlari OʼzR FА ITIlari va boshqa muassasalar bilan xoʼjalik shartnoma ishlarini tuzish uchun asos boʼlib xizmat qilishi mumkin.

Xizmatlar:

Markaz chet elda ishlab chiqarilgan noyob ilmiy asbob-uskunalardan foydalanib tajriba maʼlumotlarini yigʼish (baʼzan buyurtmachining xohishiga qarab ilmiy tadqiqotlar oʼtkazish) boʼyicha xizmatlarni amalga oshiradi.