Fermentlar kimyosi laboratoriyasi
Fermentlar kimyosi laboratoriyasi
Laboratoriya mudiri
biologiya fanlari doktori, professor
Axunov Ali Axunovich
Bog‘lanish: tel.: +998 (90) 351 12 06; e-mail: ali.akhunov@gmail.com
Fermentlar kimyosi laboratoriyasi 1987 yilda Institutning zoo-fitotoksinlar Bo‘limi biokimyo taxlil guruhi ba’zasi qoshida tashkil topgan. Laboratoriyaning asosiy ilmiy yo‘nalishi o‘simlik va hayvon organizmidan ajratib olingan biologik faol moddalarni tadqiq qilish. O‘rgimchak zaharidan birinchi marotaba kallikrein – kinin tizimi komponentlari aniqlandi, bu o‘z navbatida tirik organizmga zaharlarning toksikologik ta’sirining ba’zi qonuniyatlarini tushuntirib berish imkoni berdi. Qora qurt o‘rgimchagi zaharidan o‘zining mahsusligi va faolligi bilan o‘simlik va hayvon organizmlaridan ajratib olingan fermentlarga o‘xshamagan kininaza fermenti ajratib olindi.
Paxtachilik soxasining muhim va istiqbolliligini etiborga olgan xolda O‘zbekiston Respublikasi fanlar Akademiyasi taklifiga ko‘ra, fermentlar kimyosi laboratoriyasi e’tiborini g‘o‘zaning biologik faol komponentlari struktur-funktsional tadqiqotlariga qaratdi. Laboratoriya o‘z oldiga g‘o‘zaning o‘sish va rivojlanishida ishtirok etuvchi oqsillar va fermentlar tadqiqini maqsad qilib qo‘ydi.
Ilmiy yo‘nalish:
- biotik va abiotik omillar ta’sirida g‘o‘zaning fitoimmun molekulyar mexanizmini belgilovchi immun javob induktsiyasining signal tizimini o‘rganish; fitopatogenlar va sho‘rlangan tuproqlardagi g‘o‘zada javob reaktsiyalari hosil bo‘lishida pro-/antioksidant tizimi fermentlari va stress fitogormonlarining vazifasini o‘rganish; g‘o‘zaning o‘sish va rivojlanish regulyatorlari sifatida fiziologik faol tabiiy birikmalarning ta’sir mexanizmlarini, ulardan keyinchalik biotexnologiyaning yangi tizimida ferment markerlar sifatida qo‘llashni o‘rganish; atrof-muhitning noqulay omillarining zararli ta’siri bilan bog‘liq g‘o‘zaning moslashuv mexanizmlari reaktsiyalarida fitogormonlarning rolini o‘rganish.
- fitopatogenlar va sho‘rlangan tuproq ta’sirida xosil bo‘lgan g‘o‘zadagi stress fitogormonlari va prooksidant va antioksidant tizimi mexanizmini o‘rganish;
- shirinmiya ildizidan ajratib olingan supramolekulyar kompleks va glitsirrizin kislotasi preparatlari ta’sirida bug‘doy va g‘o‘zaning indutsirlangan chidamlilik mexanizmini tadqiq qilish, stress vaqtida g‘o‘zadagi antioksidant tizimi fermentlari va quyimolekulyar komponentlarining ta’sir etuvchi faolligi qonuniyatlarini aniqlash;