Ilmiy tadqiqotlar
Ilmiy-tadqiqot faoliyati
Institutning ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari – tirik organizmlarning hayot faoliyatining molekulyar asoslari, hayvon va o‘simliklar organizmidagi biologik faol moddalarning faoliyat ko‘rsatishining mexanizmlarini tadqiq qilish, bular asosida sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati uchun yuqori samarali texnologiyalar va preparatlarni izlash va yaratishdir.
Ilmiy tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlari:
- tabiiy biologik faol birikmalarning tuzilishi va funktsiyasini o‘rganish va ularni bioskringi;
- norma va turli patologiyalarda tirik organizmlar faoliyatining mexanizmlarini o‘rganish;
- biologik faol birikmalarning ta’sir mexanizmlarini hujayra va molekulyar darajalarda o‘rganish va ular ta’sir qiladigan samarali nishonlarni aniqlash;
- dori preparatlari, oziq-ovqat mahsulotlarining bioxavfsizligini diagnostika qilish va uni baholash uchun test-sistemalar, o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini ishlab chiqish va biotexnologiya metodlari yordamida ko‘rsatkichlari yaxshilangan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yaratish;
- mahalliy o‘simlik va hayvon xomashyolari asosida original dori vositalarni yaratish;
- o‘simliklar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ekologik xavfsiz himoya vositalarini yaratish;
- o‘simlik va hayvon xomashyosidan ikkilamchi mahsulotlarni qayta ishlashning ilmiy hajmdor texnologiyalarini ishlab chiqish va o‘zlashtirish.