O'zR FA O.S.Sodiqov nomidagi
BIORGANIK KIMYO INSTITUTI

(+99871) 262-35-40 info@biochem.uz
  • O'zbekcha
O'zbekcha
  • Русский Русский
  • English English
  • Institut haqida
    • Institut tarixi
    • Institut asoschisi
    • Institut direktorlari
  • Ilmiy faoliyat
    • Ilmiy tadqiqotlar
    • Loyihalar
    • Hamdo'stlik
    • Integratsiya
    • Nashrlar
  • Tarkib
    • Tashkiliy tuzilma
    • Rahbariyat
    • Laboratoriyalar
      • Hujayra texnologiyalari laboratoriyasi
      • Quyi molekulali biologik faol moddalar laboratoriyasi
      • Farmakologiya laboratoriyasi
      • Tadqiqotlarning fizik-kimyoviy usullari laboratoriyasi
      • Oqsillar va peptidlar kimyosi laboratoriyasi
      • Fermentlar kimyosi laboratoriyasi
      • Polisaxaridlar kimyosi laboratoriyasi
      • Amaliy - texnologiya laboratoriyasi
    • Jamoaviy foydalanish markazi
    • Farmakokinetika markazi
    • Qattiq dori vositalarini tajribaviy sinov ishlab chiqarish filiali
  • Kengashlar
    • Ilmiy kengash
      • Ilmiy kengash
      • Ilmiy kengash tarkibi
    • Yosh olimlar kengashi
      • YOK tarkibi
      • YOK yangiliklari
      • Yosh olimlar kengashi
    • Maxsus kengash
      • Ilmiy kengash manzili
      • Yetakchi tashkilotlar
      • Himoyalar haqida
      • Ilmiy seminarlar tarkibi
      • Ilmiy kengash tarkibi
      • Ixtisosliklar
      • Yetakchi tashkilotlar royxati
  • Matbuot xizmati
    • Yangiliklar
    • Fotogallereya
  • Hujjatlar
    • Prezident qarorlari
    • Prezident farmoyishlari
    • Prezident farmonlari
    • Vazirlar mahkamasi qarorlari
    • Vazirlar mahkamasi farmoyishlari
    • Muhokamadagi qonun loyihalari
    • O'zR FA da qo'llaniladigan normativ huquqiy aktlar
    • O'z kuchini yo'qotgan normativ huquqiy hujjatlar
  • Bog'lanish
    • Bog'lanish
    • Qayta aloqa
  1. Bosh sahifa
  2. O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i

O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i

10.11.2018 2752
Чоп этиш

Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i — bayroqning butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi matodir.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil. Har bir en 40 santimetrga tengdir. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining o‘rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga teng qizil hoshiyalar o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining yuqori qismidagi moviy rangli enning yuz tomoni va orqa tomonida dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida o‘n ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz tasvirlangan.

Oq rangli yangi oy va o‘n ikkita oq rangli besh qirrali yulduzning tasviri moviy rangli yuqori enning o‘rtasidan 70x30 santimetrga teng to‘g‘ri to‘rtburchakka sig‘adigan qilib joylashtirilgan.

Oq rangli yangi oy vertikal holatda do‘ng tomoni dastaga qaratilgan, dastadan 20 santimetr masofada joylashtirilgan bo‘lib, diametri 30 santimetrli doiraga sig‘adi.

O‘n ikkita oq rangli besh qirrali yulduz diametri 6 santimetrli doiraga sig‘adi. Doiralar orasidagi masofa 6 santimetr. Yulduzlar uzunasiga va tikkasiga quyidagi tartibda joylashadi: yuqori qatorda uchta, o‘rta qatorda to‘rtta va quyi qatorda beshta yulduz. Quyi qatordagi yulduzlar yangi oyning pastki uchidan 3,5 santimetr masofada joylashadi.

 

Oldi tomoni

 

Orqa tomoni

 

Sxematik rasmi


  1. Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!
Institut asoschisi

Institut tashkil etilishi va uning rivojlanishi Institut tashkilotchisi va tashkil etilgandan buyon direktori bo‘lgan taniqli kimyogar olim akademik Obid Sodiqovich Sodiqov nomi bilan uzluksiz bog‘langan. O‘zbekistonda bioorganik kimyo rivojiga qo‘shgan ulkan xizmatlarini e’tiborga olib 1987 yil Institutga uning nomi berildi

Bog'lanish
O'zbekiston, 100125, Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek, 83
+998 (71) 262 35 40
+998 (71) 262 99 72
+998 (71) 262-70-71
info@biochem.uz
Xaritadan topish
Tezkor havolalar
  • Biz haqimizda
  • Virtual qabulxona
  • Bog'lanish
Flag Counter

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Akademik A.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti

© 2019 Barcha huquqlar himoyalangan