Institut asoschisi

SODIQOV OBID SODIQOVICH (O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI BIOORGANIK KIMYO INSTITUTI ASOSCHISI)

Obid Sodiqovich Sodiqov taniqli olim – fan arbobi va organik ximik, Sobiq ittifoq Fanlar Akademiyasi va O’zbekiston SSR Fanlar Akademiyasi akademigi,  Fan va Texnologiya bo’yicha O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan fan arbobi mukofoti, Sosialistik mexnat qaxramoni unvoni soxibi, Tabiiy moddlar kimyosi bo’limi boshlig’i (1946-1974), O’zSSR FA Kimyo Instituti direktori (1946-1950), Toshkent Davlat Universiteti rektori (1958-1966), O’zbekiston Respublikasi Fanalar Akademiyasi Presidenti (1966-1984).

Akademik Obid Sodiqovich Sodiqov O’zbekiston Respublikasida kimyo fanini tashkil topishiga xissa qo’shgan olimlardan biri xisoblanadi. O’rta Osiyo yovvoyi xolda o’suvchi florasi tabiiy moddalarini amaliyotda o’rganish uning nomi bilan bo’gliq. Sodiqov O.S. O’zbekistonda kimyo fanining yangi yo’nalishi – bioorganik kimyo bo’yicha izlanishlarning asoschisi edi. U bu fanga zamonaviy fizik-kimyoviy va nazariy usullar, jumladan spektroskopiya, kvant kimyosi, nozik organik sintez, konformasion analiz, kimyoviy tuzilish va xossalarni matematik modellash kabilarga asoslangan yangicha yondoshuvlar va o’ziga xos qarashlarni tadbiq etdi.

Kimyo faniga yangi yo’nalishlar olib kirgan maxoratli muallim va tashkilotchi O.S.Sodiqov mamlakatda va xorijga yaxshi tanilgan olimlarni tarbiyalab yetkazishda xizmatlari katta. O.S.Sodiqov fan rivoji yo’lida fidoiy inson bo’lib, xalq xizmati uchun butun umrini bag’ishlagan.

O.S.Sodiqov O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Bioorganik Kimyo Instituti asoschisi va birinchi direktori xisoblanadi (1973-1987).

E'lonlar

E’lon (Buyurtmanoma) №11

№ Товар (иш, хизмат) нинг номи Ўлчов бирлиги Сони              (миқдори) Нархи,сўм Сотиб олиш қиймати,сўм 1 Компьютер (Case w/o PSU...

E’lon (Buyurtmanoma) №10

№ Товар (иш, хизмат) нинг номи Ўлчов бирлиги Сони              (миқдори) Нархи, сўм Сотиб олиш қиймати,сўм 1 Video card GT730...

E’lon (Buyurtmanoma) №9

№ Товар (иш, хизмат) нинг номи Ўлчов бирлиги Сони              (миқдори) Нархи,сўм Сотиб олиш қиймати,сўм 1 Компьютер (Case w/o PSU...

E’lon (Buyurtmanoma) №8

1. Товар (иш, хизмат) нинг номи – Стеклянны лабораторные с филаментом Clark Borosilicate Standart Wall Capillaries with Filament OD...