Institut haqida

 

O‘zR FA Bioorganik kimyo instituti 1977 yilda tashkil topgan.


Institutda jami     kishi ishlaydi, shu jumladan ilmiy xodimlar - 110 ta, fan doktorlari - 17 ta (4 akademik) va fan nomzodlari 41 ta

Institutning ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari
 – tirik organizmlarning hayot faoliyatining molekulyar asoslari, hayvon va o‘simliklar organizmidagi biologik faol moddalarning faoliyat ko‘rsatishining mexanizmlarini tadqiq qilish, bular asosida sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati uchun yuqori samarali texnologiyalar  va preparatlarni izlash va yaratishdir.

Ilmiy tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlari:
- tabiiy biologik faol birikmalarning tuzilishi va funktsiyasini o‘rganish va ularni bioskringi;
- norma va turli patologiyalarda tirik organizmlar faoliyatining mexanizmlarini o‘rganish; 
- biologik faol birikmalarning ta’sir mexanizmlarini hujayra va molekulyar darajalarda o‘rganish va ular ta’sir qiladigan samarali nishonlarni aniqlash; 
- dori preparatlari, oziq-ovqat mahsulotlarining bioxavfsizligini diagnostika qilish va uni baholash uchun test-sistemalar, o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini ishlab chiqish va biotexnologiya metodlari yordamida ko‘rsatkichlari yaxshilangan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yaratish; 
- mahalliy o‘simlik va hayvon xomashyolari asosida original dori vositalarni yaratish;
- o‘simliklar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ekologik xavfsiz himoya vositalarini yaratish; 
- o‘simlik va hayvon xomashyosidan ikkilamchi mahsulotlarni qayta ishlashning ilmiy hajmdor texnologiyalarini ishlab chiqish va o‘zlashtirish.