(+99871) 262-35-40 info@biochem.uz
  • O'zbekcha
O'zbekcha
  • Русский Русский
  • English English
  • About Institute
    • Institute History
    • Founder of the Institute
    • Director of the Institute
  • Activity
    • Scientific research
    • Loyihalar
    • Cooperation
    • Integration
    • Publications
    • COVID
  • Composition
    • Organizational structure
    • Administration
    • Laboratories
      • Cell Technology Laboratory
      • Laboratory of low molecular weight biologically active compounds
      • Laboratory of Pharmacology
      • Laboratory of Physical and Chemical Research Methods
      • Laboratory Chemistry of Proteins and Peptides
      • Laboratory of Enzyme Chemistry
      • Polysaccharide Chemistry Laboratory
      • Experimental Technological Laboratory
    • Centre of collective usage
    • Center for Pharmacokinetics
    • Experimental production
  • Councils
    • Academic Council
      • Ilmiy kengash
      • Ilmiy kengash tarkibi
    • Council of Young Scientists
      • Composition of CYS
      • News CYS
      • Council of Young Scientists
    • Special Advice
      • Ilmiy kengash manzili
      • Yetakchi tashkilotlar
      • Himoyalar haqida
      • Ilmiy seminarlar tarkibi
      • Ilmiy kengash tarkibi
      • Ixtisosliklar
      • Yetakchi tashkilotlar royxati
  • Press office
    • News
    • Photogallery
  • Documents
    • Presidential Decisions
    • Presidential Orders
    • Presidential Decisions
    • Resolutions of the Cabinet of Ministers
    • Orders of the Cabinet of Ministers
    • Discussion of the bill
    • Normative legal acts adopted by the Academy of Sciences of the RU
    • Legislation
  • Contacts
    • Contacts
    • Feedback


Academic Council
  • Ilmiy kengash
  • Ilmiy kengash tarkibi
  1. Home
  2. Ilmiy kengash

Ilmiy kengash

13.02.2019 7897
Print

Ilmiy kengash  kollegial organ bo‘lib, .Bo‘limning ilmiy va ilmiy-tashkiliy faoliyatini hal qilish uchun tashkil etiladi. Uning tarkibiga  rais, raisning muovinlari, ilmiy kotib, Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zolari, (akademiklar),  bo‘linmalarning rahbarlari va boshqa yetakchi olimlari,  zarur bo‘lganda yordamchi  bo‘linmalarning bosh mutaxassislari hamda kasaba uyushmasi tashkilotining vakili kiradi;

Ilmiy kengash tarkibiga boshqa tashkilotlarda ishlovchi yetakchi olimlar va mutaxassislar ham kiritilishi  mumkin.

Ilmiy kengashning  shaxsiy tarkibi raisning tavsiyasi bilan bir yil muddatgacha  (rais vakolatining  muddati doirasida) O‘zbekiston Respublikasi  Fanlar akademiyasi  Hay’ati tomonidan tasdiqlanadi.

Bo‘lim raisi lavozimi  bo‘yicha Ilmiy kengashning raisidir, u yo‘q  vaqtda raisning muovini rais bo‘ladi; Bo‘lim ilmiy kotibi Ilmiy kengashning ilmiy kotibidir.

Ilmiy kengash:

tanlovlar mavzulari va mavzuiy  rejalari bo‘yicha  tayyorlangan ilmiy tadqiqot, tajribaviy, sinash-konstruktorlik ishlari  loyihalarini, ilmiy kadrlar tayyorlash prognozlarini, konferensiyalar kengashlar o‘tkazish rejalarini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;

Bo‘limning hamma asosiy bo‘linmalari va butun Bo‘limning  ilmiy va ilmiy–tashkilotchilik faoliyatining eng muhim natijalari bo‘yicha hisobotlarni ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;

Bo‘limning tarkibiy qismlaridagi o‘zgarish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni muhokama qiladi;

muhim ilmiy muammolarni belgilaydi, ilmiy ma’ruzalarni tinglaydi, institutning  o‘ta muhim ilmiy ishlari natijalariga baho beradi;

Bo‘lim xodimlari tomonidan   tayyorlangan ilmiy ishlarni  nashrga tayyorlash va chop etish rejalarini  ko‘rib chiqadi va nashrga tavsiya qiladi;

respublikaning boshqa ilmiy muassasalari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish rejalarining bajarilishini  muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qiladi;

ilmiy kadrlarni tayyorlash rejalarini, doktorlik dissertatsiyalarini mavzularini, tadqiqotchilarni ish rejalarini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;

ilmiy tadqiqot bo‘limlari mudirlari va  tanlov loyihalari, tadqiqot guruhlari rahbarlarining shuningdek, ayrim ilmiy xodimlarning hisobotini eshitadi;

ilmiy kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qiladi;

buyuk ilmiy asarlar, ilmiy yangiliklar va ixtirolarni  Davlat mukofotiga, shuningdek buyuk olimlar nomidagi medal va mukofotlarga tavsiya etadi;

Bo‘lim xodimlarini faxriy nishonlarga va boshqa mukofotlarga tavsiya etadi;

O‘zbekiston Respublikasi  Fanlar Akademiyasiga, sohalar bo‘yicha va boshqa Fanlar Akademiyalariga  haqiqiy a’zolikka  (akademiklikka)  saylash uchun  nomzodlar ko‘rsatadi;

Oliy attestatsiya komissiyasiga ilmiy unvonlar berish to‘g‘risidagi tavsiyanomalar bilan chiqadi;

ilmiy xodimlarning bo‘sh lavozimlarini egallashi  uchun tanlovlar o‘tkazadi.

Ilmiy kengash, agar majlisda ro‘yxatdagi tarkibning  uchdan ikki qismi ishtirok etsa, qaror qabul qilish huquqiga ega. Ilmiy kengashning qarori ishtirok etuvchilarning 50 va undan yuqori foizi ovoz bergan takdirda qabul qilingan hisoblanadi. Ko‘rib  chiqilayotgan masala mohiyati yashirin ovoz berishni talab qilmasa, ochiq ovoz berish   yo‘li  bilan qaror qabul qilinadi;

Ilmiy unvonlar berish to‘g‘risidagi Ilmiy kengash qarorlari Oliy Attestatsiya komissiyasi tomonidan o‘rnatilgan tartib asosida qabul qilinadi, ilmiy  laboratoriyalar (bo‘limlar) mudirlarining va ilmiy xodimlarning bo‘sh lavozimlarini egallash uchun tanlov masalalari bo‘yicha qarorlari amaldagi Nizom asosida qabul qilinadi.

Ilmiy kengash qarorlari Bo‘lim raisi tasdiqlagandan so‘ng kuchga kiradi.

 


  1. Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!
Founder of the Institute

The creation of the Institute and its development is inextricably linked with the name of the famous scientist-chemist Academician Abid Sadykovich Sadykov, who has been the organizer and director of the Institute since its foundation. In 1987, the Institute was named after this scientist in recognition of his outstanding achievements in the development of bioorganic chemistry in Uzbekistan

Contacts
100125, Tashkent city, M. Ulugbek str., 83
+998 71 262 35 40
+998 71 262 99 72
+998 71 262 70 71
info@biochem.uz
Find us on map
Quick links
  • About us
  • Virtual reception
  • Contacts
Flag Counter

Institute of Bioorganic Chemistry named after O.Sodikov Academy of sciences of the Republic of Uzbekistan

© 2019 All rights reserved