Quyi molekulali biologik faol moddalar laboratoriyasi
Quyi molekulali biologik faol moddalar laboratoriyasi
Laboratoriya mudiri
kimyo fanlari doktori
Ziyaev Xayrulla Lutfullaevich
Bog‘lanish: tel.: +998 90-316-00-27
e-mail: xziyaev@list.ru
Quyi molekulali biologik faol moddalar ilmiy laboratoriya “Polifenollar” va “Fiziologik faol moddalar nozik organik sintezi” laboratoriyalari asosida 2018 yili tashkil etilgan.
"Polifenollar" laboratoriyasi 1953 yilda akademik O.S.Sodikov rahbarligida tashkil etilgan. 1956 yildan 1997 yilgacha laboratoriyaga raxbarlik kilgan O.S.Sodikovning shogirtlari biri Aminjon Ismoilovich Ismailov bulgan. Laboratoriyaning asosiy ilmiy yullanishi paxta va boshqa sanoat va dorivor o‘simliklar tarkibidagi moddalarni kompleks o‘rganish bilan bog‘liq bulgan. Ayniqsa, polifenol - flavonoidlar, antotsianlar, fitoaleksinlar, shuningdek, gossipol paxta va boshqa o‘simliklarni o‘rganishda katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Xamkasblari bilan birgalikda turli genomik guruhlarning 10 turiga va boshqa o‘simlik turiga (gibiskus va uning gibrid shakllari, kenaf, malva, altey, shtok-roza, anoda, sumax, yantak va boshqalar).
Gossipol va uning yo‘ldoshlarini tuzilishi, ko‘p sonli analoglari strukturasini o‘rganish ushbu birikmalar uchun atropizomerlarning borligini, dialdegid-laktol xosilalari tautomeriya mavjudligini ko‘rsatdi. Gossipol molekulasining funktsional qismlarining elektron strukturasi va konformatsion xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar, o‘rganilayotgan moddalarning tanadagi xatti-harakati va fiziologik ta’sirini aniqlaydigan faktlarni tushunishga yordam berdi.
Gossipol va uning xosilalari asosida yaratilgan: virus karshi vosita - 3% gossipol linimenti, oddiy pufakli va urab oluvchi temiratka, psoriazlarni davolashda ishlatiladi; birinchi mahalliy immunosupressant - buyrak allotransplantatsiyasi uchun tabletkalar shaklida, surunkali glomerulonefrit, allergodermatoz kabi kasalliklarda ishlatiladigan Batriden. Megosin kattalardagi teri va shilliq pardalarning gerpetik pufakchalar, oddiy gerpes retsivida xam, genital gerpes, surunkali tservitsit, bachadon buyni eroziyasida malham sifatida ishlatiladi; Gozalidon – xlamidiyalarga karshi; Ragosin - o‘tkir va surunkali virusli gepatit B, C va D ni davolash uchun ishlatiladi.
Qizil gulxayridan oziq-ovqat sanoatida ishlab chiqarishda ishlatiladigan tabiy buyok, ozik-ovkat uchun ishlatiladigan pektin, buyok va polisaxaridlar olish texnologiyalari yaratilgan.
Kizil gulxayridan ozik-ovkat sanoatida ishlatiladigan buyok olish va uni tadbik etishga bir gurux laboratoriya xodimlari Abu Rayxon Beruniy Davlat mukofotiga sazovor bulishgan.
A.I.Ismailov raxbarligida 4 nafar fan doktori va 14 nafar fan nomzodi bioorganik kimyo va tabiiy fiziologik faol moddalar kimyosi sohasida dissertatsiyalar ximoya kilindi va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda katta hissa qo‘shishdi. A.I.Ismailov maktabidan chikkan shogirtlari O‘zbekiston, MDH davlatlari va uzoq xorijdagi ko‘plab tadqiqot institutlari va universitetlarida faoliyat yuritmoqdalar.
Uz vaktida laboratoriyada ishlab katta xissa kushgan xamkasabalaridan k.f.d., prof. Baram N.I., k.f.d., prof. Dalimov D.N., k.f.d. Karimdjanov A.K., k.f.n. Raximxanov R.Z., k.f.n. Biktimirov L., Shukurov Z.Sh., k.f.n. Abdullaev Z.S., k.f.n. Islambekov Sh.Yu., k.f.n. Payzieva R.Z., k.f.d. Ziyaev X.L., k.f.d. Mavlyanov S.M., b.f.n. Sumin V.I., k.f.n. Pirnazarova F.N., k.f.n. Atxamova S.K., Mardanov R.G. ning eslab utish lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademik O.S. Sodiqov nomli Bioorganik kimyo institutida (BOKI) farmakopey gossipol olish texnologiyasi ishlab chiqilgan, uning asosida bir qator samarali dori vositalari yaratilgan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etilgan. Mashkovskiy M.D. «Lekarstvennыe sredstva», Toshkent. «Meditsina», 1998. 208, 362-betlar. Gossipolning interferon induktsiyalash faolligini aniklash yangi samarali interferon induktorlarini yaratishga imkon beradi. Gossipol xosilalarini sintez kilish va urganish maksadga muvofikligini kursatadi. Ularni tadbik etish yukimli kasalliklar bilan kurashishning dolzarb muammolarini xal kilishga imkon yaratadi.
1997 yildan professor D.N.Dalimov O‘zR FA Bioorganik kimyo instituti Polifenollar laboratoriyasiga raxbar buldi.
D.N.Dalimovning izlanishlari polifenollar, terpenoidlar kimyosi, ularni ajratib olish texnologiyasi va ularning modifikatsiyasini o‘rganishga bag‘ishlangan. Oxirgi 10-15 yilda Dalimov D.N. uz guruxi (Gafurov M.B., Matchanov O.D., Yuldashev X.A., Isaev Yu.) bilan asosan tabiiy birikmalar asosida interferon induktorlari (Megaferon, Tauferon), gemostatik (Lagovin, Glilagin, Inebrin), to‘qimalarni qayta jonlantiruvchi, shamollashga qarshi (GLAS), virusli kasalliklarga qarshi dori vositalari, ich ketishga “Bektit-M” dori vositalari tibbiyot amaliyotiga tadbiq etildi.
1973 yilda akademik A.A.Abduvaxabov 1941-2014yy) O‘zR FA akademik O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo Bo‘limida Fosfororganik kimyo (1977 yildan Bioorganik kimyo institutining Fiziologik faol moddalar nozik organik sintezi) laboratoriyasini tashkil etgan.
Markaziy Osiyoda ilk bor zararkunanda hasharotlar feromonini ajratib olish, tuzilishini aniqlash, sintez qilish, preparativ shaklini yaratish va dala sharoitida qo‘llash borasida tadqiqotlar boshlangan. Izlanishlar natijasida ikki komponentli g‘o‘za tunlami feromoni, kuzgi tunlam feromoni komponentlari, xona pashshasi, olma mevaxo‘ri, undov tunlami va boshqa zararkunandalar feromonlari sintez usullari ishlab chiqilgan, komponentlarning optimal nisbatlari aniqlangan hamda preparativ shakllari yaratilgan. Hozirda g‘o‘za va kuzgi tunlam feromonlari Respublika dalalarida g‘o‘zani zararkunandalar ta’siridan saqlashda keng miqyosda qo‘llanilmoqda.
Ilmiy yo‘nalish:
Tabiiy va sintetik fiziologik faol moddalarni ajratib olish, tuzilishini aniqlash, ularning kimyoviy modifikatsiyasi va maqsadli yo‘naltirilgan sintezi, “tuzilish-funktsiya” bog‘liqlikni aniqlash, keng ta’sir spektriga ega bo‘lgan dori vositalari hamda o‘simliklarni himoya vositalarini yaratish, ularni amaliyotga joriy etish.